Filialda bir qator professor -o‘qituvchilarga Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan professor va dotsent ilmiy unvonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorı v.v.b. E.Shermanov qatnashib, professor va dotsent ilmiy unvonlarini o‘z egalariga topshirdi.



Shu jumladan, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Qalbay Turdiev, Begisbay Temirbaev, Baxtiyar Esemuratov, Eliza Aytniyazova, Adilbek Temirbaev, “Rejissura va aktyor maharat” kafedrasi katta o‘qituvchilari Bazarbay Nazarimbetov va Gulsara Jumaniyazovalar dotsent ilmiy unvoni bilan mukofotlandi.



O‘z navbatida diplom egalari Hukumatimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan shunday alohida e’tibori uchun o‘zlarining cheksiz minnadorchilıgini bildirdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri B. Temirbaev ishtirok etdi.
![]()