YETTI O‘QITUVCHI  PROFESSOR ILMIY UNVONI,YETTI O‘QITUVCHI  DOTSENT ILMIY UNVONINI OLDI

Muallif: Gulsara Jartibaeva
Turkum: Yangiliklar
Sana: 09.10.2023

Filialda bir qator professor -o‘qituvchilarga Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan professor va dotsent ilmiy unvonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektorı v.v.b. E.Shermanov qatnashib, professor va dotsent ilmiy unvonlarini o‘z egalariga topshirdi.

 Xususan “Xalq ijodiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Qurbanbay Zaretdinov, Ulbibi Abdullaeva, Gulbahar Aximbetova, Mirzagul Sapaeva, Gulnara Munteeva, Gulnara Allambergenova, “Rejissura va aktyor mahorat” kafedrasi o‘qituvchisi Mariyash Ismaylovalar professor ilmiy unvoni bilan mukofotlandi.

 Shu jumladan, “Xalq ijodiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Qalbay Turdiev, Begisbay Temirbaev, Baxtiyar Esemuratov, Eliza Aytniyazova, Adilbek Temirbaev, “Rejissura va aktyor maharat” kafedrasi katta o‘qituvchilari Bazarbay Nazarimbetov va Gulsara Jumaniyazovalar dotsent ilmiy unvoni bilan mukofotlandi.

O‘z navbatida diplom egalari Hukumatimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan shunday alohida e’tibori  uchun  o‘zlarining cheksiz minnadorchilıgini bildirdi.

 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri B. Temirbaev ishtirok etdi.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...