Kafedra tarixi
Filial 2008-yilda tashkil topgan boʻlib, u asosan «Ijtimoiy -gumanitar, aktyorlik san’ati va san’atshunoslik» kafedrasi 2014-yilga qadar faoliyat yuritib kelgan. 2014-2015 oʻquv yilida filial kontingentini hisobga olgan holda «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» va «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik» kafedrasi boʻlib ikkiga boʻlinadi. «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik» kafedrasi asosan «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» va «Texnogen san’ati: kino, televideniya va radio ovoz rejissyorligi» mutaxasisliklarini oʻz ichiga olgan edi.
2019- yil 1- maydan e’tiboran filialimizda «Xalq ijodiyoti madaniyati va kutubxona faoliyati» kafedrasi tashkil etildi.
2020 -yil bu kafedra tarkibidan “Madaniyat va kutubxona – faoliyati” kafedrasi tashkil etildi. Kafedrada ikkita ixtisoslik, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” va “Kutubxon-axborot faoliyati” ta’lim yoʻnalishlari tashkil qilindi. 2023- yil 9- oktyabrdan e’tiboran Madaniyat faoliyati kafedrasi boʻlib takroran tashkillashtirildi.
Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi:
- Saparbayeva Gulshira professor
- Turdiyev Qalbay dotsent
- Eshboyeva Gulbahar dotsent.
- Yusupov Quwanıshbay dotsent. PhD
- Turdiyev Baxtiyor o‘qituvchi PhD
- Bektursinova Gulmira o‘qituvchi PhD
- Urazboyev Islom katta o‘qituvchi
- Madreymova Nasiba o‘qituvchi
- Abatova Gulnaz o‘qituvchi
- Umirova Gulzixon o‘qituvchi.
Kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tadqiqot ishlarini olib borayotgan professor -oʻqituvchilarining ilmiy faoliyatlari mavzulari :
- Gulshira Saparbaeva “Qoraqalpogʻistonda madaniyat markazlarining shakllanishi va uning yoshlarni ma’naviy – estetik jihatdan tarbiyalashdagi oʻrni”;
- Gulbaxar Eshbaeva “Hozirgi bosqichda qoraqalpoq xalq musiqasi”
- Urazbaev Islom “Yangi ma’naviy muhitni yaratishda Qoraqalpoq milliy qadriyatining oʻrni”
- Madreymova Nasiba “Qoraqalpoq milliy madaniyatidagi transformaciyon jarayonlar va ularning aholi ma’naviy ehtiyojlarini shakllantirishdagi ahamiyati”
- Abatova Gulnaz «Qoraqalpoq xalq madaniyatida an’anaviylik va zamonaviylik» ilmiy mavzulari boʻyicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik:
Kafedra professor oʻqituvchisi G. Saparbaeva 2020-yili 4-11- yanvarda Buyuk Britaniyaning London shahridagi «Goldsmith» universitetida professorlar Sean Prime va Adrian da La Court bilan “Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik asoslari” modulini ishlab chiqish jarayonida seminar -trening va 2020 yili 3-4 fevralda Tashkent shahrida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Oliy ta’lim tizimida kreativ tadbirkorlikga oʻqitish integratsiyasi” xalqaro forumiga ishtirok etishdi. Oʻzbekiston davlat madaniyat va san’at instituti tomonidan 2020 -yil 29 – fevral kuni «Kreativ spark: Oliy ta’lim dasturi» xalqaro loyihasi boʻyicha «Madaniyat va san’at sohasida kreativ (ijodiy) tadbirkorlik faoliyatiga oʻqitishning dolzarb masalalari» Oʻzbekiston Buyuk Britaniya Kengashi, «Humo partners» kompaniya vakillari hamkorligidagi amaliy seminarga ishtirok etishdi. 2020 yil 19 -fevralda “Qoraqalpogʻiston” telekanali “Assalomu aleykum Qoraqalpogʻiston» dasturida katta oʻqituvchi A. Bekjanova va “Madaniyat va kutubxona faoliyati»” kafedrasi mudiri G. Saparbaeva “Kreativ Spark” loyihasi boʻyicha oʻz ma’lumotlari bilan ishtirok etishdi. OʻzDSMI “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi Oʻzbekistondagi Buyuk Britaniya Kengashi »Humo partners» kompaniyasi vakillari hamkorligidagi “Kreativ Spark: Oliy ta’lim dasturi» xalqaro loyihasi a’zosi va tashkilotchisi sifatida G. Saparbaeva qatnashib kelmoqda.
Kafedra mudiri G.Saparbaeva 2021- yili dekabr oyida Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston Universitetida hamkorlik boʻyicha mahorat darsini oʻtib keldi. 2022-yili may oyida Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston Universiteti San’at kafedrasi mudiri, PhD Oltinay Qadiralieva va katta oʻqituvchi Gavhar Nasanovalar kafedra mutaxassisliklari uchun mahorat darslarini oʻtdi.
Kafedra mudiri G. Saparbaeva 2023- yili 18-22 noyabr kunlari Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston Universitetida hamkorlik boʻyicha tajriba almashish va mahorat darslarini oʻtdi.
2025-yil 26-30-aprel kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti tomonidan tashkil etilgan V «Zamonaviy ta’lim: tanqidlar, trendlar va strategiyalar» yangi pedagoglarning V Xalqaro forumiga Madaniyat faoliyati kafedrasi mudiri, dotsent G.Saparbayeva, assistent o‘qituvchi G.Abatova, «Madaniyatshunoslik» yo‘nalishi 1-kurs magistranti B.Seydullayeva, «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» mutaxassisligi 2-kurs talabasi A.Sabirbayevalar ishtirok etdi.
2025-yilning may, oktyabr, noyabr oylarida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Madaniyat faoliyati» kafedrasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tumani O.Xudayshukurov nomidagi 52-sonli, 1-sonli Madaniyat markazlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlardagi Madaniyat markazlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida seminar trening o‘tkazildi.
Xalqimizda mehr-oqibat, xayr-saxovat va ezgulik kabi qadriyatlar azaldan ulug‘lanib kelinadi.Shunday qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirib borish maqsadida «Madaniyat faoliyati» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari Nukus «Muruvvat» ayollar internat uyiga tashrif buyurib u yerda tarbiyalanuvchilarning ahvolidan xabar olib konsert dasturini namoyish etdi.
Joriy yilning 21-23-oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sayfullo Ikromov «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish» mutaxassisligi 1-3-kurs talabalariga «Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini boshqarish» fanidan mahorat darsini o‘tkazdi.
2025-yil oktyabr oyida Turkiya davlati Alaniya shahrida «Turkiya-O‘zbekiston Ilmiy Konferensiyasi» nomli xalqaro konferensiyaga kafedra assistent-o‘qituvchilari B.Majitova va B.Seydullaevalar ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. Yaxshi natijalar ko‘rsatib qaytdi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:
- 60211800 – Madaniyatshunoslik (kunduzgi va sirtqi)
- 60212000 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish (kunduzgi va sirtqi)
Magistratura ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:
- 70211801 – Madaniyat va san’at sohasi menejmenti (o‘zbek va qoraqalpoq)
- 70211802 – Madaniyatshunoslik (o‘zbek va qoraqalpoq)
Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan «Madaniyatshunoslik» va «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish» 2 ta mutaxassislik kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun 14 ta fandan dars o‘tkaziladi.
Fanlar:
- Madaniyatshunoslik;
- Madaniy faoliyatni tashkil etish va boshqarish;
- Madaniy tadbirlarni tashkil etish;
- Madaniyat nazariyasi;
- Madaniyatshunoslikning zamonaviy muammolari;
- Xalqaro madaniy aloqalar;
- Qoraqalpoq xalqining moddiy va ma’naviy madaniyati;
- Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini boshqarish;
- Ssenariychilik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
- Madaniyat va san’at sohasida marketing;
- Madaniyat va san’at sohasi iqtisodiyoti va moliyaviy munosabatlar;
- O‘zbekiston moddiy va nomoddiy madaniy merosi;
- Madaniyat va san’at sohasida kreativ tadbirkorlik.
- Madaniyat markazlari ishi.
Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan «Madaniyatshunoslik» va «Madaniyat va san’at menejmenti» magistratura mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishlari uchun 13 ta fandan dars beriladi.
Fanlar:
- Madaniy dam olishni tashkil etishning ilmiy asoslari;
- Kreativ iqtisodiyot;
- Ijodiy muassasalar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish;
- Boshqaruv sotsiologiyasi;
- Ommaviy tadbirlar menejmenti;
- Madaniyat va san’at sohasida innovatsion menejment;
- Madaniyat nazariyasi;
- Madaniyatning millatlararo va umuminsoniy muammolari;
- Milliy qadriyatlar va transformatsiya jarayonlari;
- Aholining ijtimoiy madaniyatini yuksaltirish asoslari;
- Madaniyat pedagogikasi;
- O‘zbek milliy madaniyatining rivojlanish xususiyatlari.
Kafedraning ilmiy ishlari:
2-darslik;
6-o‘quv qo‘llanma.
1-uslubiy qo‘llanma.
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
-Kafedra mutaxassis tayyorlash ishlarini yaxshilash uchun respublikamizning
Nukus shahar 2-sonli Madaniyat markazida Madaniy faoliyat kafedrasining filialini ochib, yoshlarga ilmiy-amaliy ta’lim berishda dual ta’lim tizimi bo‘yicha faoliyat olib boradi.
– Hamkorlik ishlari quyidagi muassasalar bilan amalga oshiriladi.
- madaniyat va san’at muassasalari;
- muzeylar;
- madaniyat markazlari;
- madaniyat va istirohat bog‘lari hamda boshqa tashkilotlar bilan sheriklik shartnomalari asosida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra ilmiy faoliyati
2022 – yil 20-mayda Yangi Oʻzbekistonda ta’lim – tarbiya, madaniyat va ma’naviyat tizimini rivojlantirishning vazifalari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʻtkazildi.
- Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan VAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar – 25
- Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy konferentsiyalarda chop etilgan tezislar – 24
- Kafedra professor oʻqituvchilar tomonidan Respublika ilmiy konferentsiyalarda chop etilgan tezislar -31





