Elimiz bo‘ylab joylarda talaba-yoshlar orasida “Milliy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz, milliy g‘ururimiz, vatansevarlik” mavzusida pand-nasihat uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu mavzudagi tadbir bugun O‘zbekiston davlat, san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni filial direktori A.Ayapov olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Oral Ataniyazova hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Ruslan DJumamuratovlar so‘zga chiqib, so‘ngi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida filial professor o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ijrosida konsert dasturi mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
![]()