2024-yil 26-sentyabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talabalar o’rtasida seminar tashkillashtirildi. Seminarga, Din ishlari bo’yicha qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi Nukus shahar bosh mutaxassisi X.Nezamatov, O’zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi A.Muratov. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali Xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslaxatchisi O.Qidirniyazovalar qatnashdi.
Bunda Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va dinlararo bag’rikenglikni mustahkamlash va Yoshlarni yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni sog’lom e’tiqod va diniy bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, Mafkuraviy tahtidlarga qarshi kurashishning dolzarb yo’nalishlari hamda «Jaholatga qarshi ma’rifat», “Ekstremistik tashkilotlar safiga adashib kirib qolganlarning tag’diri” hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qarorning mazmun-mohiyatini tushintirishlar olib borildi. Tadbir so’ngida talabalar o’zlarin qiziqtirgan savollarga javob oldi.
![]()