REKTOR NODIRBEK SAYFULLAYEV BOSHCHILIGIDAGI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR DELEGATSIYASI XIZMAT TASHRIFI BILAN FILIALGA KELDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 17.11.2025

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi institutning Nukus filialiga xizmat safari bilan keldi.
Mehmonlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapov, filial direktori vazifasini bajaruvchi K.Yusupov va jamoa a’zolari yuqori darajada kutib oldi.

Tadbirda filialning o‘quv jarayoni sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ilm-fan, san’atga yo‘naltirish bo‘yicha turli loyiha va tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng N.Sayfullayev filial professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda filialda o‘quv-metodik va dual ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy ishlarni yanada jadallashtirish, xalqaro hamkorlik ishlari, shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida Xalq ijodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Z.Yo‘ldosheva va Kutubxona faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi D.Aytimovalarga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik diplomlari topshirildi va ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng, Institut professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi filial talaba-yoshlarini metodik qo‘llab-quvvatlashda mahorat darslariga yo‘l oldi.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...