Buyuk so‘z san’atkori, shoir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li, bizga meros qoldirgan boy adabiy asarlarining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni alohida hisoblanadi. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Ikki buyuk siymo» nomli adabiy kecha tashkil etildi.



Adabiy kechani filial Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Otepbergenov ochib berdi.
Kechada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti «O‘zbek filologiyasi» fakulteti «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) J.Nurjanova, «O‘zbekiston xalq artisti,» «Do‘stlik» ordeni sohibi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvonlari sohibi va 25 yoshida A.Navoiy rolini ijro etgan N.Ansatbayev, «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori, PhD A.Prekeeva, filial jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdi.



Tadbirda so‘zga chiqqanlar A.Navoiy hayoti va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, N.Ansatbayev sahnada Alisher Navoiy rolini ijro etganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Kecha davomida filial talaba-yoshlari tomonidan shoir qalamiga mansub she’riy satrlar, sahna ko‘rinishlari va g‘azallari jonli ovozda ijro etildi.
![]()