Necha ming asrlik tarixga ega eksponatlarni o‘zida jamlagan Ahmad va Oyimxon Shamuratovlar uy muzeyi deyarli har kuni yoshlar bilan gavjum.
Qoraqalpoq xalqining ikki buyuk siymolari hisoblangan Ahmet va Oyimxon Shamuratovlar uy muzeyini tomosha qilishga bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Xalq ijodiyoti» fakulteti dekan o‘rinbosari G.Sharipova «Xalq ijodiyoti» kafedrasi G.Aximbetova rahbarligida, «Qo‘shiq va o‘yin» ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari sayohatga chiqdi.
Talaba-yoshlarga dastlab muzey xodimi tomonidan maxsus ekskursiya o‘tkazildi. Bu yerda saqlanayotgan qimmatbaho eksponatlar, qoraqalpoq adabiyoti, madaniyati, san’atining shakllanish tarixi, undagi fidoyi xizmat qilgan insonlarning hayoti va ijodi bilan talaba-yoshlar yaqindan tanishdi.
Sayohat yakunida uy muzeyi tomonidan talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazilib, talabalar o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Sayohat juda mazmunli, ko‘ngilli bo‘lib unda talaba-yoshlar ruhiy ozuqa olib qaytdi.
![]()