Bugun Filialda yosh olimlar uchun ilmiy maqola yozishda «adabiyotlar, ilmiy manbalar bilan ishlash jarayoni» mavzusida navbatdagi nazariy-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda direktor K.Yusupov so‘zga chiqib, Respublikamizda ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, Prezidentimizning ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir filialimiz professor-o‘qituvchisi – Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Fayzullayeva Sayatxon Uzakbayevna ishtirokidagi nazariy-amaliy seminar bilan davom etdi. Seminarda yosh olimlarga ilmiy-maqola yozishga kirishish va unda adabiyotlar bilan ishlash jarayonidagi amal qilish lozim bo‘lgan ko‘rgazmali tarzda qimmatli ko‘nikmalar berildi.

Samimiy muloqot ruhida o‘tgan seminar davomida yosh olimlar ilmiy darajali professor-o‘qituvchidan o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham javob oldi.
Filial matbuot xizmati
![]()