Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Folklor va etnografiya» kafedrasi tomonidan talabalarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va startap loyihalar bilan tanishtirish maqsadida Yoshlar Texnoparkiga ilmiy-amaliy ekskursiya tashkil etildi.

Sayohat davomida startap loyihalarga qiziquvchi talabalarga Startap loyihasi tushunchalari berilib, uning an’anaviy biznesdan farqi, idea bosqichidan tayyor mahsulot darajasigacha yetib borish yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi.

Kafedra o‘qituvchisi G.O‘teshova rahbarligida tashkil etilgan ushbu ekskursiyada talabalar folklor sohasini (milliy qadriyatlar, dostonlar, etnomusika) zamonaviy texnologiyalar bilan qanday birlashtirish mumkinligi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Filial matbuot xizmati
![]()