Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi

Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi.

‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir «menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak», desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha «men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman» desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

❗️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak.

Loading

Paydalı derekler