FILIAL DIREKTORI TANTANALI BAYRAM TADBIRIGA TAYYORGARLIK KO‘RISHDA ISHTIROK ETAYOTGAN TALABALARDAN XABAR OLDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 19.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali jamoasi va talaba-yoshlari ham Toshkent shahrida ijodiy guruh a’zolari bilan birgalikda ishtirok etmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori K.Yusupov tantanali bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashib, yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan tabriklab, tantanali bayram tadbirini yuqori saviyada o‘tkazishda birgalikda hissa qo‘shib, tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘z navbatida talaba-yoshlar mustaqillik bayramining yuqori saviyada o‘tishida o‘zlarining hissalarini qo‘shishlarini bildirdi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...