O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali jamoasi va talaba-yoshlari ham Toshkent shahrida ijodiy guruh a’zolari bilan birgalikda ishtirok etmoqda.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori K.Yusupov tantanali bayram tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashib, yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan tabriklab, tantanali bayram tadbirini yuqori saviyada o‘tkazishda birgalikda hissa qo‘shib, tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishiga muvaffaqiyatlar tiladi.


O‘z navbatida talaba-yoshlar mustaqillik bayramining yuqori saviyada o‘tishida o‘zlarining hissalarini qo‘shishlarini bildirdi.
Filial matbuot xizmati
![]()