Taʼlim grantini qayta taqsimlash natijalariga apellyatsiya berish tartibi toʻgʻrisida Hurmatli talabgorlar! OʻzDSMI Nukus filiali maʼmuriyati tomonidan taʼlim grantini qayta taqsimlash jarayoni natijalari rasmiy eʼlon qilinishi bilan bogʻliq holda quyidagilarni maʼlum qiladi. Natijalardan norozi boʻlgan talabgorlar har bir koʻrsatkich (fan boʻyicha baholar, umumiy yigʻindi va boshqalar) yuzasidan oʻz eʼtirozlarini bildirish huquqiga ega. Buning uchun talabgorlar: Natijalar rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 48 (qirq sakkiz) soat ichida; Filial direktori nomiga yozma murojaat (apellyatsiya arizasi) taqdim etishlari; Murojaatda norozilik bildirilayotgan aniq koʻrsatkich va uning asosini koʻrsatishlari lozim. Yozma murojaatlar filialning qabulxonasi orqali belgilangan tartibda qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi. Koʻrsatilgan muddatdan (48 soatdan) keyin kelib tushgan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi. Barcha talabgorlarni belgilangan muddatga rioya qilishga chaqiramiz. OʻzDSMI Nukus filiali maʼmuriyati