O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti — Nukus filiali O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali uzdsmi-nf.uz

BITIRUVCHI YOSHLARGA «KELAJAKKA QADAM» DASTURI DOIRASIDA YARATILGAN IMKONIYATLAR NATIJALARI TUSHUNTIRILDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Kategoriya: Yangiliklar
Sana: 28.09.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Kelajakka qadam» markazining hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda «O‘zmilliybank» AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasidan mas’ul mutaxassislar va tadbirkorlar, shuningdek, filial bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, menejerlar va bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Filial Registrator ofisi rahbari M.Sag‘indiqov ochib berdi. Shundan so‘ng, «O‘zmilliybank» AJ Qoraqalpog‘iston filiali «Kelajakka qadam» markaziy kotibi menejeri K.Sharipova va tadbirkor A.Qaypanovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba-yoshlarga «Kelajakka qadam» dasturi doirasida yaratilgan imkoniyatlarning natijalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, dasturga asosan bitiruvchi talabalarga «O‘zmilliybank» AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar va kredit shartlari haqida tushuncha berib o‘tildi. Bunda yoshlarga hozirgi vaqtda davlatimiz tomonidan bir qator kreditlar ajratilganini aytib o‘tib, biznes loyihasi bor bo‘lgan talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, asosan bitiruvchi yoshlarga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun «Tadbirkorlikka birinchi qadam» nomli loyiha uchun 20 mln olish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bunda kredit muddati 18 oygacha. Imtiyozli davr esa 6 oygacha etib belgilangan.

«Biznes start» nomli loyiha uchun esa 300 mln olish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bunda kredit muddati 5 yilgacha. Imtiyozli davr esa 1 yilgacha etib belgilangan.

«Biznes progress» nomli loyihada esa 20 mlrd olish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bunda kredit muddati 7 yilgacha. Imtiyozli davr esa 2 yilgacha etib belgilangan.

«Talaba invest» nomli loyihada 10 mlrd olish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, bunda kredit muddati 7 yilgacha. Imtiyozli davr esa 2 yilgacha etib belgilangan.

«Mening birinchi kasbim» nomli loyihada esa bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, ularga malaka oshirish davri uchun 5 oylik bazaviy hisoblash miqdorida stipendiya ajratiladi. Shuningdek, buyurtmachilar chet eldagi oliy o‘quv yurtlari va korxonalarda qisqa muddatli kurslarda qatnashishi uchun 50 bazaviy hisoblash miqdorida xarajat ajratiladi.

Albatta, bu imkoniyatlar yoshlarning o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishida muhim yo‘nalish sifatida xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

★ Загрузка...