«Ijtimoiy-gumanitar fanlar » kafedrasi
O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 2008 yilda ochilganda (2012 yildan boshlab, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali deb atala boshladi) bir kafedra “Ijtimoiy-gumanitar, aktyorlık san’ati va san’atshunoslik” bo‘lib, 2014- 2015 o‘quv yilida kafedra ikkiga bo’lindi- «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» va «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik».
Kafedra tuzilgan vaqtda unda ikki mutaxassis – “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish”, “Texnogen san’ati: kino, televidenie va radio ovoz rejissyorligi” bor bo‘lib, 2018 yili “Kitubxona- axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya” va “San’atshunoslik: sahna va ekran san’ati dramaturgiyası” mutaxassislik qo‘shildi. 2019-yil 1-may sanasidan boshlab, kafedra «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi deb atala boshladi. Kafedrani 2013-2015 yillarda tarix fanlari nomzodi Svetlana Esbergenova, 2015-2016 yillarda Dilfuza Bekimbetovalar boshqarib keldi. Bugungi kunda kafedra mudiri – tarix fanlari nomzodi Larisa Urazova. Bugungi kunda kafedrada 3 fan doktorı, 3 fan nomzodi, 2 professor, 2 dotsent, 3 katta- o‘qituvchi, 10 assistent-o‘qituvchi pedagogik xizmet ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari dissertatsiya ishlari mavzulari, o‘z ilmiy ishlari ustida ish olib bormoqda.
Kafedraning professor- o‘qituvchilari “Kreativ Spark: Oliy Ta’lim dasturi” xalqaro loyihaning a’zolari.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi o‘qituvchilari L.Urazova hamda A.Prekeevalar 5 sentabr 2022 yili O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professor- o‘qituvchilari va filial talabalarining qatnashishida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!» shiori ostida “Mustaqillik darsi” ni o‘tdi. «Mustaqillik darsi» o‘tilishi haqida O‘zbekistonning 31-yil davomida erishilgan islohatlar natijalarini keng qilib tushintirib o‘tdi, O‘zbekstan Respublikası Prezidentiniń “O‘zbekstan Respublikası mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish haqida”gi qarorida ilgari surilgan g‘oyalar asosida, “O‘zbekstan Respublikası mustaqilligiga erishgandan keyingi yillar davomida amalga oshirilgan islohatlar jamiyat hayotidagi yangiliklar, “Yangi O‘zbekiston rivojlanish strategiyası” asosida, “Yangi O‘zbekiston- Uchinchi Renessans” g‘oya mazmun- ma’nosi haqida aytib o‘tdi.

O‘zbekstan Respublikası Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekstanning yangi rivojlanish davrida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish choralari haqida” gi PF- 6108 sonli Farmonida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikası Beruniy tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 24–sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi o‘qituvchilari maktab bitiruvchilarining yuqori o‘quv o‘rinlarida o‘qishga kirishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish hamda kasb tanlashdagi fikrini uyg‘unlashtirish maqsadida maktabning 10-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Kafedra mudiri L.Urazova «Qadimgi Sharq madaniyati: Qadimgi Xitoy madaniyati» atamasidagi o‘zining metodik qo‘llanmasini maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.


«1-oktabr – Ustozlar va murabbiylar kuni» munosabati bilan poytaxtimizdagi fayzli o‘rinlarning birida O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali jamoasi uchun bayram dasturxoni yoyildi. Bu tadbirda kafedraning professor- o‘qituvchilari qatnashdi.

«Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrası professor- o‘qituvchilari bo’lim ishchilarining Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik hamda unga qarshi kurash masalalari bo‘yicha majlis bo‘lib o’tdi. Majilisda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qabul etilgen PK- 81 sonli 12 yanvar 2022 yilgi, 3368 sonli 13 may 2022 yilgi qarorlari bilan tanishtirildi. Filialda ta‘lim berish jarayonida korrupciya holatlarini bo’ldirmaslikka hamda unga qarshi kurashishga chaqirdi.

![]()