O’quv-uslubiy bo’limi


Turdiyev Baxtiyor Berdixanovich
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Telefon: +99890- 736- 78- 85
E-mail: baxtyyar@mail.ru

Mamlakatimizda Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu e’tibor natijasida bugungi kunga kelib talaba yoshlarimizning jahon standartlariga to‘la javob beradigan ta’lim olishi, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalanishi, professor-o‘qituvchilarimizning sifatli ta’lim berishi, o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Hozirgi vaqtda filialimizda 3 fakultet, 10 kafedra mavjud bo‘lib, 9 bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talaba yoshlarga professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim berib kelmoqda.

Hozirgi kunda filialning o‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i 1, o‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 1, o‘quv jarayonini tashkil etish boshlig‘i 1, 3 metodist, 1 ish yurituvchi faoliyat olib bormoqda.

O‘quv-uslubiy boshqarma O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida dekanat va kafedralar bilan hamkorlikda quyidagi ishlarni olib boradi:

• O‘quv jarayoniga taalluqli yuqori tashkilotlarning qaror va ko‘rsatmalari, vazirlikning qaror, buyruq, ko‘rsatmalarining ijrosini ta’minlash;

• Davlat standarti talabiga mos va filial imkoniyatlari, ishlab chiqarish talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan bakalavr yo‘nalishi va magistr mutaxassisliklari uchun ishchi o‘quv rejalarini tasdiqlashga tayyorlash;

• Bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun ularning o‘quv rejalariga mos fanlarni o‘qitishning ish dasturlarini tayyorlatib va tasdiqlashga tayyorlash;

• Umumiy filial o‘quv yuklamasi va talabalar kontingentini hisobga olgan holda kafedralar shtat birligini aniqlash va me’yoriy hujjatlarga muvofiq professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilishni tavsiya etish;

• Davlat attestatsiya komissiyalari raislarini tasdiqlash uchun nomzodlar taqdim etish;

• Davlat attestatsiya komissiyalari tarkibini tuzishga taklif tayyorlash va ularning faoliyatini nazorat qilib borish;

• Davlat standartiga mos o‘quv rejalaridagi bloklar bo‘yicha talabalarning darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va h.k. adabiyotlar bilan ta’minlanganligini o‘rganib borish;

• O‘quv rejasidagi fanlardan to‘liq o‘quv metodik majmualar bilan ta’minlash, ularni yangilab va takomillashtirib borish;

• Talabalar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi bo‘yicha yuritilishini, jumladan, yozma ish shaklini joriy etishni takomillashtirish va ularning tartibga muvofiq yuritilishini nazorat qilib va muhokama qilib borish;

• professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va ilmiy darajasini yuksaltirib borishning yillik va kalendar rejalarini ishlab chiqish;

• Filial kengashiga yangi kafedralar, fakultetlar, mutaxassisliklar ochish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

• Dekanat va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va shu kabi boshqa ishlarni olib boradi.

Alohida ta’kidlashimiz kerak, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi yoshlarning chuqur bilim olishi, kasb-hunar sirlarini chuqur o‘zlashtirishi uchun yetarli imkoniyat yaratishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday ekan, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z bilimini oshirish va olgan bilimlarini Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida foydalanishimiz lozim.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...