2021-yil 19-noyabr kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari fakultet dekanlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida oʻquv-seminar tashkil qilindi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.X.Karimov ishtirok etdi.
Tadbirda “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati, Uchinchi Renessansning muhim omili, 5 tashabbus doirasida talaba-yoshlarga mutolaa va kitobxonlik madaniyatini o‘rgatish, rivojlantirish usullari va mexanizmlari, tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va mas’uliyati, oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda tyutorlarning ahamiyati, dekan o‘rinbosarining talaba-yoshlar bilan ishlashda tyutorlar bilan hamkorligi to’g’risida ma’lumotlar berildi.
Oʻquv-seminarda O’zbekiston davlat sa’nat va madaniyat institute Nukus filiali “Sa’natshunoslik” fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Zamatdinov ham ishtirok etdi.


Filial matbuot xizmati.
![]()