TASHQI BAHOLASH JARAYONIDA MAHORAT DARSI TASHKIL QILINDI

Avtor: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Gruppa: Jańalıqlar
Sáne: 26.11.2021

Tashqi baholash jarayonida filial talaba-yoshlarni metodik qullab-quvvatlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali tomonidan «Texnogen va dramaturgiya san’ati» kafedrasi «Kino-teleoperatorlik» ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalariga onlayn tarzda Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «Telestudiya tizimlari va ilovalari» kafedra mudiri, doсent Batыr Bazarbaev tomonidan mahorat darsi tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i R.Ruzmetov, mazkur inspeksiyaning bosh mutaxassisi I.Saburov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘lim boshlig‘i I.Qunnazarov va «Texnogen va dramaturgiya san’ati» kafedrasi mudiri K.Zaretdinovlar ishtirok etdi.

Mahorat darsida filmni so‘ratga olish jarayonida operatorlar nimalarga ahamiyat berishlari hamda rejissyor va ijodiy jamo bilan qanday ishlash kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi. SHuningdek, har bir filmning sifatli bo‘lib chiqishi operatorning mahorat bilan ishlashi bilan bog‘liq ekanligi talabalarga tushuntirildi. 

Filial matbuot xizmati.

Loading

Paydalı derekler