O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi O.Kidirniyazova, profilaktika inspektori A.Bekbergenov, shuningdek, filial psixologi, xotin-qizlar psixologi va dekan-maslahatchilari ishtirokida 1-kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda talabalarga darsga o‘z vaqtida kelish, filial ichki tartib-qoidalari, shuningdek, kiyinish madaniyatiga rioya qilish ya’ni belgilangan formani kiyib yurish kerakligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Filial matbuot xizmati
![]()