15-MAY – XALQARO OILA KUNI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 07.05.2026

Bugun filialda 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan xodimlar va talaba yoshlar o‘rtasida yosh oilalar ishtirokida «Oilamiz kelajagimiz» shiori ostida tanlov o‘tkazildi. Tanlovning ochilish marosimida Filial Xotin-qizlar Kengashi raisi O.Kdirniyazova so‘zga chiqib, oilaning ahamiyati, ayniqsa, mamlakatimizda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Filialimizdagi yosh oilalarning Respublika miqyosidagi eng namunali oilalardan biri bo‘lib yurishini tiladi.

Shundan so‘ng, tanlov ishtirokchilari, ya’ni yosh oilalar o‘z oilasini tanishtirish, bir-biriga minnatdorchilik bildirish, bo‘sh vaqtdan mazmunli foydalanish va oilani mustahkamlashga oid savol-javoblar kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Tanlov yakunida Abdireymovlar oilasi «Eng namunali oila» va Jumanovlar oilasi «Eng izlanuvchan oila»lar deb topilib, tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Amaliyotchi:

Asem Yesengeldiyeva, QQDU 4-kurs talabasi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...