O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali professor -o’qituvchilari tomonidan Nukus shahridagi 30 -sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashib, ularga mahorat darsi o’tildi.
Uchrashuvda Ijtimoiy -gumanitar fanlar kafedrasidan A. Prekeeva va S. Fayzullaeva, Xalq ijodkorligi kafedrasidan N. Qollibekov va «Texnogen va dramaturgiya san’ati» kafedrasidan R. Nietullaev va Sh. Bauetdinovlar maktab o’quvchilariga filialdagi ta’lim yo’nalishlar, talabalarning yutuqlari haqida ma’lumot berib o’tdi.
Tadbir soʻngida o’quvchilarga kitob taqdim etildi. Xalq ijodkorligi kafedrasi og’a o’qituvchisi N. Qollibekov jonli ijroda xalq qoʻshiqlarini ijro qilib, ishtrokchilarda yaqshi taasurot qoildirdi.





![]()