Kafedra tarixi
Filial 2008-yilda tashkil topgan boʻlib, asosan «Ijtimoiy -gumanitar, aktyorlik san’ati va san’atshunoslik» kafedrasi 2014-yilga qadar faoliyat yuritib kelgan. 2014-2015 oʻquv yilida filial kontingentini hisobga olgan holda «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» va «Ijtimoiy-gumanitar va san’atshunoslik» kafedrasi boʻlib ikkiga boʻlinadi. «Rejissyorlik va aktyorlik mahorati» kafedrasi «Drama teatri va kino aktyorligi», «Musiqali teatr aktyorligi», «Musiqali teatr rejissorligi», «Estrada aktyorligi», «Drama teatri rejissorligi» va «Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi» mutaxasisliklarini oʻz ichiga olgan.
2023-yil 9-oktyabrdan e’tiboran «Aktyorlik san’ati» kafedrasi boʻlib qayta tashkillashtirildi.
Kafedra professor – oʻqituvchilarining tarkibi:
- Ismailova Maryash – professor
- Nazarimbetov Bazarbay – docent
- Bekniyazova Gulbahar – docent
- Pirimbetova Nazira – katta oʻqituvchi
- Muratbaev Aydos – assistent-oʻqituvchi
- Nazarimbetov Aziz – assistent-oʻqituvchi
- Tajigalieva Maryash – assistent-oʻqituvchi
- Aximbetova Liza – assistent-oʻqituvchi
- Esimbetov Aybek – assistent-oʻqituvchi
- Berdibaeva Altinay – assistent-oʻqituvchi
- Sagindikova Jumagul – assistent-oʻqituvchi
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik:
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktorining 2023-yil 9-noyabr №106 x/s sonli buyrugʻi asosida «Rejissura san’ati» kafedrasi mudiri, docent L.Urazmbetova, «Aktyorlik mahorati» kafedrasi oʻqituvchisi M.Tajigalieva, 2-kurs «Estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi» mutaxassisligi talabasi Shaxsanem Urazimbetova va 2-kurs «Qoʻgʻirchoq teatr aktyorligi» mutaxassisligi talabasi Duysenbaeva Gulbanu – Muxtar Avezov nomidagi Janubiy–Qozogʻiston universiteti bilan ilim va ta’lim soxasini rivojlantirish, hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tuzilgan shartnomaga asos akademik mobillik dasturi doirasida master klass va mahorat darslarina oʻtib qaytdi.
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari roʻyxati :
- 60211200 – Aktyorlik san’ati (Drama teatri va kino aktyorligi)
- 60211200 – Aktyorlik san’ati (Musiqali teatr aktyorligi)
- 60211200 – Aktyorlik san’ati (Estrada aktyorligi)
- 60211200 – Aktyorlik san’ati (Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi)
- 60211200 – Aktyorlik san’ati (Musiqali drama aktyorligi)
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:
Aktyorlik mahorati
Sahna nutqi
Sahna jangi
Ritmika-plastika
Musiqali teatr aktyorligi
Dramatik teatr aktyorligi
Aktyorning kamera oldida ishlashi
Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi
Qoʻgʻirchoq yasash texnologiyasi
Qoʻgʻirchoq yasash asoslari
Grim
Kafedraning ilmiy ishlari:
- 4 oʻquv qoʻllanma
- 1 darslik
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
- madaniyat va san’at muassasalari
- muzeylar
- madaniyat markazlari
- teatrlar
Kafedra ilmiy faoliyati
2022 – yil 20-mayda Yangi Oʻzbekistonda ta’lim – tarbiya, madaniyat va ma’naviyat tizimini rivojlantirishning vazifalari mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi oʻtkazildi.
- Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan VAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar – 17
- Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy konferentsiyalarda chop etilgan tezislar – 11
- Kafedra professor oʻqituvchilar tomonidan Respublika ilmiy konferentsiyalarda chop etilgan tezislar – 7