BIR QATOR PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA XODIMLAR «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI» ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 27.08.2026

Eng ulug‘, eng aziz sanaladigan mustaqilligimizning 35 yillik bayrami munosabati bilan mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh fidoyi insonlar «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Rejissura san’ati» kafedrasi professori N.Ansatbayev, «Xalq ijodiyoti» kafedrasi professori G.Muntieva, «Aktyorlik mahorati» kafedrasi dotsenti M.Tajigalieva, O‘quv metodik boshqarma boshlig‘i B.Turdiev va Filial Kengashi kotibi A.Orazovlar «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofot egalarini filial jamoasi nomidan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, kelgusi ilmiy va ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...