Mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlashda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu borada «Kelajakka qadam» dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarga tadbirkorlik va boshqa samarali tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishda 32 turdagi imkoniyat yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda.

Shunday yoshlarimizdan biri Aydos Matniyazov. U o‘tgan 2024-2025 o‘quv yilida filialning «Drama teatri va kino aktyorligi» ta’lim yo‘nalishini tamomladi. U o‘z bandligini ta’minlash maqsadida Kibersport (kompyuter o‘yinlari) xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun 300 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi va yana bir yoshning bandligini ta’minlashga erishdi.

Albatta, «Kelajakka qadam» dasturi doirasida yaratilgan bu imkoniyatlar yoshlarning tadbirkorlik va boshqa samarali tashabbuslarni yo‘lga qo‘yishida ustuvor yo‘nalish sifatida xizmat qilmoqda.
Filial matbuot xizmati
![]()