O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Otepbergenov bitiruvchilar bandligini ta’minlash bugungi kunda muhim vazifalardan biri ekanligini bildirib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish kerakligini ta’kidladi.


Yig‘ilishda bitiruvchilarning bugungi kundagi bandlik holati ko‘rib chiqilib, jumladan, doimiy va vaqtincha ish bilan ta’minlangan bitiruvchilar, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar va bugungi kunda band bo‘lmagan bitiruvchilarni band qilish bo‘yicha oldinda turgan vazifalar tahlil qilindi.
Filial matbuot xizmati
![]()