Biz_zo‘ravonlikka_qarshimiz

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 25.11.2025

Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida Xotin-qizlarni zo‘ravonlik va tazyiqqa barham berish xalqaro kuni munosabati bilan 16 kun – 16 tashabbus shiori ostida aksiya tashkil etildi.

Tadbirda Nukus shahar IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori A.Namenova, Salomatlik strategik instituti Nukus shahar bo‘limi shifokori T.G‘aniyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi shifokori B.Allambergenov, filialimiz jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Kdirniyazova olib bordi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, davlat va jamiyatda ularning o‘rni va qadr-qimmati, gender tenglikni ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan birga xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik illatining salbiy oqibatlari, zo‘ravonlikdan himoyaning huquqiy asoslari haqida tushuncha berib o‘tdi.

Shuningdek, qizlarning erta turmush qurish oqibatlari, ayollarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish, jamiyatda ayollarning o‘rni haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida filialimiz talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Tadbir joriy yilning 25-noyabr kunidan 10-dekabr kuniga qadar bo‘lib o‘tadi.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...