Bugun, 12 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Direktor va yoshlar» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda filial direktori v.v.b Q.Yusupov so‘zga chiqib, filialimizda olib borilayotgan ishlar, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar haqida keng ma’lumot berdi. Xususan, yoshlarni ilm olish yo‘liga keng jalb etish, zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tizimli tashkil etish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Shundan so‘ng, talaba-yoshlarning fikr-takliflari tinglanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talaba-yoshlarning fikr-mulohazalarini eshitish, ularning talab va ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, filial talabalari hayotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat.
![]()