Ayni paytda barcha oliy o‘quv yurtlari kabi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ham 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestr yakuniy imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun filial direktori K.Yusupov imtihon jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida auditoriyalarda bo‘lib, u yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, jarayonlarning tashkil etilganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis va haqqoniy baholash kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, imtihon jarayonlari bo‘yicha talaba-yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Talabalar o‘z navbatida imtihonlarning yuqori tartib-intizom asosida o‘tayotganligi va ularga barcha sharoitlar yaratilganligini bildirishdi.



Ma’lumot uchun aytib o‘tishimiz kerak, imtihonlar o‘tkazilayotgan har bir auditoriya videokuzatuvga olingan bo‘lib, talabalar imtihonlarni yozma, og‘zaki, amaliy va test shaklida topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishi Filialning O‘quv-uslubiy boshqarmasi va Korrupsiyaga qarshi «Komplayens nazorat» bo‘limi tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
Filial matbuot xizmati
![]()