Uchrashuv davomida talabalarga oliy ta’lim muassasalarida amal qilinadigan ichki tartib-qoidalar, talabalarning odob-axloqi, kiyinish madaniyati, muloqotda hurmat-izzatni saqlash kabi masalalar bo‘yicha filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va fakultet yetakchilari batafsil ma’lumotlar berdi.

Bundan tashqari, talabalarga beriladigan imtiyozlar, stipendiyalar, kontrakt to‘lovlari bo‘yicha mavjud imtiyozlar, ijtimoiy yordam turlari va ular uchun yaratilgan qo‘shimcha sharoitlar haqida tushunchalar berildi.

Ushbu tushuntirish ishlari talabalar o‘rtasida huquqiy ong va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga, shuningdek, sog‘lom va tartibli muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Filial matbuot xizmati
![]()