O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish va elektr jihozlaridan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.


Filial matbuot xizmati
![]()