FILIAL DIREKTORI NAVBATDAGI YOSHLAR KUNIDA BIR QATOR TALABA-YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 07.05.2026

Erkin muloqot ruhida o‘tkazilgan uchrashuvda Direktor talaba-yoshlarning o‘quv jarayoni, shu jumladan magistratura bosqichini tugatish arafasida turgan yoshlarning bitiruv dissertatsiya ishlari bilan qiziqdi.

Ta’kidlanganidek, Filialda ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi, yosh olimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan va o‘z navbatida ilm-fan puxtalikni, har bir ilmiy ma’lumot ustida tinimsiz izlanishni talab etadi. Bu yo‘lda esa yoshlarga birinchi navbatda qiziqish, bilim, tashabbus va mustahkam iroda zarur bo‘ladi.


Uchrashuvda talaba-yoshlar Filial direktori bilan ushbu jarayonlardagi yutuqlari, yana o‘z ilmiy salohiyatini oshirishda yaratilishi lozim bo‘lgan sharoitlar bo‘yicha fikrlashib, o‘z fikr va takliflariga ijobiy javob va xulosalar oldi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...