Filial direktori o‘rinbosari tomonidan murojaat va takliflarni qabul qilish tadbiri o‘tkazildi

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 27.02.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Shaniyazovning talabalar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarga javob berib, har bir masala bo‘yicha batafsil tushuntirishlar va tegishli choralar ko‘rilishi bo‘yicha qabuli bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan qabulda talaba-yoshlarning murojaat va takliflari, ularni qiynayotgan muammolari tinglandi.

Tadbirda talaba-yoshlar to‘lov-kontrakt asosida grant asosida o‘qishga o‘tish va buning uchun nimalarga e’tibor berish masalasi, o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishlarini boshqa sohaga o‘zgartirish va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha murojaat va takliflar berildi.

Shuningdek, muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi va qisqa muddatda o‘rinli yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan qator takliflar tinglandi va murojaatlar bo‘yicha o‘sha joyning o‘zida bir qancha murojaatlari ijobiy yechimini topdi.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...