FILIAL PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN TAQIYATOSH TUMANI AHOLISINING IJTIMOIY MUOMMALARINI O‘RGANILDI

Muallif: Gulsara Jartibaeva
Turkum: Yangiliklar
Sana: 29.11.2024

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.

Mazkur chora-tadbirlar yuzasidan joriy yilning 28-29-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari Taqiyatosh tumanining “Markaziy”, “Xalqlar do‘stligi”, “Shamshiroq”, “Quschilik”, “Jayhun” va “Yangi makon” mahalla fuqora yig‘inlarida bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi va ijtimoiy muommalarini o‘rgandi.

O‘rganish natijasida mavjud bo‘lgan muommalar yozib olindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi bilan birgalikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab ishlab chiqish kelishib olindi.

Loading

Foydali manbalar