O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 6 kundagi 01-61-1099-sonli xatiga asosan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 14-16 sentyabr kunlari «Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida» shiori asosida forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forumga Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari mehmon bo‘lib, forum doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishi belgilangan.
Bugun forumning dastlabki tadbirlariga start berildi. Samarqand viloyati, Xorazm viloyati va Toshkent shahridan kelgan mehmonlarimiz samimiy kutib olindi. Ayni paytda mehmonlarga filial talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etilmoqda.




Filial matbuot xizmati
![]()