FILIALDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 07.09.2026

Mamlakatimizning barcha hududlarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial professor-o‘qituvchilari, ota-onalar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Xudayshukurov, filial direktori K.Yusupov, «Xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Q.Turdiyevlar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami, yangi o‘quv yilining boshlanishi, shuningdek, bu yil qabul qilingan yoshlarni talaba bo‘lish baxtiga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida qayd etdi. Bugungi kunda filialda bir yarim mingdan ziyod yoshlarimiz kunduzgi va sirtqi, shuningdek, magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olmoqda. Jumladan, joriy o‘quv yilida kunduzgi ta’lim yo‘nalishiga 281 nafar talaba, magistratura mutaxassisligiga esa 51 nafar magistrant qabul qilindi. Talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarimizga kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab, kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir mustaqillik darsi bilan davom etdi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...