FILIALDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI.

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 06.09.2025

Mamlakatimizning barcha hududlarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo‘lib o‘tdi.

Unda boshlanayotgan o‘quv yilida institutga talabalikka qabul qilingan yoshlar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, tyutorlar ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Allakov, filial direktori v.v.b Q.Yusupov, professor M.Ismaylova, ota-onalar va talaba-yoshlar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami, yangi o‘quv yilining boshlanishi, shuningdek, bu yil qabul qilingan yoshlarni talaba bo‘lish baxtiga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida qayd etdi. Bugungi kunda filialda ikki mingga yaqin yoshlarimiz kunduzgi va sirtqi, shuningdek, magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olmoqda. Jumladan, joriy o‘quv yilida kunduzgi ta’lim yo‘nalishiga 278 nafar talaba, magistratura mutaxassisligiga esa 36 nafar magistrant qabul qilindi.

Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, filialda ta’lim olayotgan yoshlarimiz ilm-fan va ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishish bilan birga, katta sahnalarda o‘z iste’dodlarini namoyon etib, ustozlar ishonchini oqlab, xalqimizning olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Albatta, bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar natijasi bo‘lib, yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan ishlar yoshlarning kelajakda ilg‘or fikrli, malakali kadrlar bo‘lib yetishishida o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishi aniq.

Tadbir mustaqillik darsi bilan davom etdi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...