So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirish, ularning ilmiy salohiyatini ko‘tarish orqali jahon ilmiy hamjamiyatida, xalqaro nufuzli ilmiy-texnik bazalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qator qaror va farmonlar qabul qilinib, oliy o‘quv yurtlari oldiga rivojlangan davlatlar tajribasini joriy etishda jahon mezonlari asosida ishlab chiqilgan, yangidan-yangi talab va vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 20 martdagi 76-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 22 oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida filialning «Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasining rivojlanish tendensiyalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda turli millat vakillaridan professor-o‘qituvchilar, san’atshunoslik bo‘yicha izlanuvchilar, filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Konferensiyani filial direktori v.v.b Q.Yusupov ochib berdi va boshqarib bordi.
Anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Abduxalil Mavrulov «Zamonaviy sharoitda madaniyat fenomenini o‘rganishning o‘ziga xosligi» mavzusida, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti «Umumiy tarix va murajay ishi» kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent Guljan Otarbayeva «Zamonaviy kutubxonachi: an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi» mavzusida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Madaniyat va san’at menejmenti» kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sayfullo Ikromov «Madaniy tadbirlarni tashkil etish va boshqarish metodlarining zamonaviy tendensiyalari» mavzusida, San’atshunoslik fanlari nomzodi, Dina Nurpeisova nomidagi Qozoq xalq cholg‘ulari akademik orkestri solisti Aknar Sharipbayeva «Qozog‘iston musiqa ta’limi tizimida an’anaviy qo‘bizning o‘rni» mavzusida, Qoraqalpog‘iston xalq baxshisi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Xalq ijodiyoti» kafedrasi mudiri, professor Gulbaxar Aximbetova «Soz, so‘z harakatlarni o‘zida mujassam etgan janr» mavzusida, X.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti «Ijrochilik san’ati» kafedrasi katta o‘qituvchisi Alimbay Botakaraev «Teatr va musiqa» mavzusida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali «Madaniyatshunoslik» 2-bosqich magistranti Shaxsanem Sultamuratova «Kinematografiyada generativ sun’iy intellektning roli» mavzusida ma’ruzalar qildi.
Tadbirda madaniyat va san’at sohasining bugungi masalalari, muammolari va ularning yechimi to‘g‘risida qimmatli fikr va takliflar bildirildi. Tadbir filial talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
✍️Filial matbuot xizmati
![]()