Filialning bir qator professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasida mahorat darslarini davom ettirmoqda

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 08.04.2026

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘iston Respublikasi T.Q. Jurgenov nomidagi qozoq davlat san’at akademiyasi va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘quv metodik ilmiy-amaliy tajriba almashish maqsadida filialning bir qator professor-o‘qituvchilari mahorat darslarini o‘tish maqsadida borgan edi.

Xususan, «Xalq ijodiyoti,» «Rejissyorlik san’ati,» «Folklor va etnografiya,» «San’atshunoslik dramaturgiyasi» va «Texnogen san’ati» kafedralarining professor-o‘qituvchilari T.Q.Jurgenov nomidagi Qozoq davlat san’at akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari bilan hamkorlikda tajriba almashish jarayonlarini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, filial professor-o‘qituvchilari aprel oyining 11-sanasiga qadar Qozog‘iston Respublikasi T.Q. Jurgenov nomidagi qozoq davlat san’at akademiyasida mahorat darslarida bo‘ladi.

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...