Filialda «Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida» shiori asosida forum o‘tkazilmoqda. Forum doirasidagi tadbirlarda Samarqand, Xorazm viloyati va Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan kelgan talaba-yoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.
Forum doirasida «Zakovat» intellektual o‘yinida yoshlarimiz o‘zlarining bilimli va zukkoligini, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini, shuningdek, «Fikr-munozara» bellashuvlarida esa yoshlar fikrlash va notiqlik qobiliyatlarini namoyon etib, o‘zaro fikr almashdi.




Filial matbuot xizmati
![]()