Bugun 18 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «G‘oyadan Startapgacha» mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni filial direktori v.v.b Q.Yusupov ochib berdi va boshqarib bordi.
Unda Nukus Yoshlar Texnoparki «Inno-X» biznes inkubatori mentori Erlan Kereev, filialning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Sultamuratov va filial talaba-yoshlari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida filial talaba-yoshlariga startap loyihalarning asosiy mezonlari, yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari, shuningdek, marketing strategiyalari haqida keng ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
![]()