O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida 2025-2026-o‘quv yilining bahorgi semestri yakuniy imtihonlari 11-30-may kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi belgilangan. Imtihon jarayonlari belgilangan jadval asosida tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Imtihonlarning adolatli va xolis o‘tishini ta’minlash maqsadida filialning O‘quv-uslubiy boshqarmasi va Korrupsiyaga qarshi «Komplaens nazorat» bo‘limi tomonidan doimiy monitoring va nazorat ishlari olib borilmoqda.




Filial matbuot xizmati
![]()