Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Ko‘ngilga yaqin qo‘shiqlar» nomli sinf konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni filial direktori Q.Yusupov ochib berib boshqarib bordi.
Tadbirda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Konsertda «Xalq ijodiyoti» kafedrasi sirtqi bo‘lim talabalari tomonidan «Tug‘ilgan yer,» «Majnuntol,» «Bahor shamoli,» «Nurkamol,» «Jayron,» «Sening bu dunyoda borliging,» «Chalsana bog‘chi,» «Lazzat,» «Bir gulman yorim,» «Oq g‘oz,» «Rahmat ustozlar» nomli qo‘shiqlar mahorat bilan ijro etildi.
Konsert tashkilotchilari: «Xalq ijodiyoti» kafedrasi mudiri G.Aximbetova va fan o‘qituvchisi: D.Otarbayev, Konsertmeyster: A.Temirbayev, Baletmeyster: Z.Yuldasheva.
![]()