O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 11-noyabr sanasidagi №207 sonli buyrurgi asos 2021 yilning 22-26 noyabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat intstituti Nukus filiali tashqi baholashdan o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 470-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali faoliyatini navbatdagi akkreditatsiyalash masalasi boʻyicha tashqi baholash jarayoni boshlandi.
Dastlab, ekspertlar komissiyasi aʼzolari hamda institut rahbariyati, dekanlar, boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirokida kun tartibi grafigiga muvofiq tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni filial direktori A.Ayapov boshqarib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i R.Ruzmetov so’zga chiqib, tashqi baholash jarayonini sifatli va xolisona oʻtkazish, bu jarayonning oʻziga xos xususiyatlari va so’ngi yillar oliy ta’lim muassasalarida taʼlim sifatini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidlab o’tdi.







Tashqi baholash jarayonlardan koʻzlangan asosiy maqsad – taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Tadbir so’ngida rejaga asos vazifalar belgilanib olindi.
O’zDSMI Nukus filiali matbuot xizmati.
![]()