O‘ZBEKISTONLIK YOSHLARNING IELTS’DAGI NATIJALARI SEZILARLI YAXSHILANDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 23.12.2024

2024 yilda qariyb 53 ming nafar o‘zbekistonlik yoshlar ingliz tilini bilish ko‘nikmalarini baholovchi xalqaro IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball oldi. Bu – 2020 yildagi ko‘rsatkichdan 5 barobarga yuqori. Bu davrda 7–8 ball olganlar 7,4 barobarga ko‘paygan. Joriy yilda 332 nafar o‘zbekistonlik yoshlar IELTS’dan eng yuqori 8,5–9 ballni qo‘lga kiritgan.

IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan o‘zbekistonlik yoshlar soni oxirgi 4 yilda 5 barobarga oshgan. Bu haqda British Council va IDP taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020 yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. 4 yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.

Loading

Foydali manbalar