O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Estrada va ommaviy tomoshalar» kafedrasi professori, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) J.Mamatqasimov, «Saxna so’zi» kafedrasi docenti R. Qodirov va «Folklor san’ati» kafedrasi o’qituvchisi S.Ermatovalar O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialiga tashrif buyurdi.


Dastlab mehmonlar filial direktori A.Ayapovning qabulida bo’lishti va uchrashuvda yurtimizda yoshlarni musiqa, adabiyot, teatr va san’atga qiziqtirish, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida takidlab ótdilar.
Mehmonlar axborot resurs markazi bilan ham yaqindan tanishib, o’zlarining mualliflıǵındagi darslik va qo’llanmalarini savǵa qildilar.



Ayni vaqitda professor-o’qituvchilar «Rejissura va aktyor mahorat» Xalq ijodkorligi» kafedrasi talaba-yoshlariga mahorat darslarini o’tmaqda.
Filial matbuot xizmati.
![]()