“PAYSHANBA – YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 17.04.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda talaba-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U talaba-yoshlarning ta’lim jarayoni, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Tadbir yakunida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida film namoyish etildi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...