
Ko‘pchilikka ma’lumki, joriy yil 30 sentyabr kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazgan yig‘ilishida Oliy ta’lim sohasi oldida yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish masalalarini ta’kidlagan edi.
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ushbu belgilab berilgan vazifalarni filial jamoasiga tanishtirishda targ‘ibot ishlari olib borildi.
Yig‘ilishda Filial direktorining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari A.Esemuratov so‘zga chiqib, oliy ta’lim sohasi sifatini takomillashtirishda jahonda e’tirof etiladigan milliy dasturlarni kengaytirishda xalqaro tajribalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyatini jamoa a’zolariga tanishtirib o‘tdi.

Filial matbuot xizmati
![]()