«RAHBAR VA YOSHLAR» UCHRASHUVI

Muallif: ÓzMKÓMI Nókis filialı baspasóz xızmeti
Turkum: Yangiliklar
Sana: 14.05.2026

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali vakillari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokanali direktori Q.Bekbauliyev, ushbu teleradiokanal direktori o‘rinbosari Q.Falimovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, televideniyening bugungi kundagi faoliyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz kerak, bugungi kunda filialda san’at va madaniyat sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanib, jumladan, televideniye va radio yo‘nalishi bo‘yicha rejissyor, ovoz rejissyori, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlab kelmoqda. Ushbu ta’lim yo‘nalishini bitirgan yoshlarimiz televideniye va radio yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

Amaliyotchi:

Asem Yesengeldiyeva, QQDU 4-kurs talabasi.

Filial matbuot xizmati

Loading

Foydali manbalar

Загрузка...