️️️Shu yilning 24-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida «Ma’rifat ulashib» nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.O‘tepbergenov olib bordi.
Unda jurnalist, shoir, yozuvchi va davlat arbobi. «Qoraqalpog‘iston xalq shoiri,» «Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist,» «O‘zbekiston xalq yozuvchisi,» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesbay Karimov, shoir, qissaxon va jurnalist. Xalila Davlatnazarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurodlar so‘zga chiqib, o‘z ijodlari haqida ma’lumotlar berib, qator she’rlar o‘qib berdi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad – yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, buyuk adib va shoirlar ijodiy yo‘li va ular tomonidan yaratilgan adabiy meroslarni o‘rganish hamda kitobxonlikni keng yoyishdan iboratdir.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
![]()